Cornus - Har bir mazali taom sifatli nondan boshlanadi
Cornus 10 yildan ortiq tajribaga ega ishlab chiqaruvchi korxona bo'lib, restoranlar, kafelar va fast-food tarmoqlari uchun yuqori sifatli non mahsulotlarini yetkazib beradi.
Cornus - O'zbekistonda sifatli non mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona. 10 yildan ortiq faoliyatimiz davomida mijozlarimizga doimiy sifat, ishonch va zamonaviy yechimlarni taqdim etib kelmoqdamiz.
Korxonamizda burger, hot-dog, toster nonlari hamda turli non va non mahsulotlari zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqariladi. Har bir mahsulotimiz sifatli xomashyo, qat'iy nazorat va ilg'or ishlab chiqarish jarayonlari orqali tayyorlanadi.
Bizning asosiy maqsadimiz - restoranlar, kafelar, fast-food tarmoqlari va chakana savdo dokonlariga yuqori sifat standartlariga javob beradigan mahsulotlar bilan ta'minlash. Shu sababli mahsulotlarimiz yumshoqligi, mazasi va barqaror sifati bilan mijozlarimiz ishonchini qozonib kelmoqda.
Bugungi kunda Cornus mahsulotlari O'zbekistonning ko'plab hududlarida iste'molchilarga yetib bormoqda va minglab mijozlar tomonidan tanlanmoqda. Biz sifat, innovatsiya va ishonch tamoyillariga sodiq qolgan holda, mahsulotlarimiz assortimentini kengaytirish va hamkorlarimiz sonini oshirish ustida doimiy ishlamoqdamiz.
Cornus - har bir mazali taom ortidagi sifatli non.
Tashkil topgan yil
Mahsulot turi
Savdo nuqtasi
Vositachilarsiz, eng qulay narxda to'g'ridan-to'g'ri fabrikadan yetkazib berish.
Zamonaviy texnologiya va sifat nazorati bilan ishlab chiqarilgan mahsulotlar.
Reklama kampaniyalari va sotuvni oshirish bo'yicha amaliy qo'llab-quvvatlash.
Yetkazib berishda uzilishlarsiz, barqaror jadval asosida ish jarayoni.
Sizni qiziqtirgan barcha savollar bo'yicha biz bilan bog'lanishingiz mumkin. Har bir murojaatga tezkor va professional yondashamiz.
Toshkent shahri, Labzak ko'chasi
Mo'ljal: Anxor lokomotiv
cornus@email.com